Fuqarolar urushi davom etayotgan Sudandagi janglarni kuzatuvchi Sudan War Monitor loyihasiga ko‘ra, ushbu samolyot "Tezkor javob kuchlari” harbiylashtirilgan guruhi uchun yuk olib ketayotgan bo‘lgan. Bu haqida zamon.uz xabar bermoqda. Samolyot ushbu guruh jangchilari tomonidan xatolik tufayli urib tushirilgan.
"Samolyot ekipaj a’zolaridan biri Rossiya fuqarosi bo‘lishi mumkin", — deb yozadi Sudan War Monitor havo kemasi qulagan joydan olingan kadrlarga tayanib.
Ijtimoiy tarmoqlarda Sudanda urib tushirilgan samolyot qoldiqlari aks etgan video chop etildi. Kadrlar X ijtimoiy tarmog‘idagi Alqadh News akkauntida paydo bo‘ldi. Tasvirlarda uchuvchilarning hujjatlari ham ko‘rsatilgan. Ulardan birining Rossiya pasporti, ikkinchisining maxsus hujjati namoyish etildi.
Hozirda voqea tafsilotlari aniqlanmoqda.