AsosiyJamiyat

Kelajakda hamma soha ekologiya bilan hamohang bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 oktyabr kuni Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti – “Green University”da bo‘ldi.

'Kelajakda hamma soha ekologiya bilan hamohang bo‘ladi'ning rasmi

Ilgari bu sohada yaxlit oliy ta’lim dargohi yo‘q edi. Davlatimiz rahbarining 2023 yil 31 maydagi qarori asosida tashkil etilgan mazkur universitetda zamonaviy ekologik yo‘nalishlar  qamrab olindi.

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida mamlakatimizda BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish choralari ko‘rilmoqda. Ma’lumki, bu iqlim o‘zgarishlari, suv va energetika sofligi, sog‘lik, ta’lim, iste’mol va ishlab chiqarish kabi 17 ta farovonlik vazifalarini qamrab olgan bo‘lib, ular ko‘p jihatdan kadrlar malakasiga bog‘liq. Shu bois universitetda atrof-muhit va barqaror boshqaruv, atrof-muhit va iqtisodiyot, ekologiya va davlat boshqaruvi, barqaror rivojlanish, barqaror moliya, ekologiya huquqi, atrof-muhit sohasida ommaviy kommunikatsiyalar yo‘nalishlari ochilgan.

450 o‘ringa mo‘ljallangan o‘quv binosi ta’mirlanib, zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Xonalar sohaga doir anjomlar, kompyuterlar va sun’iy intellekt uskunalari bilan jihozlangan. Ta’lim ingliz tilida olib boriladi. Buning uchun AQSH, Buyuk Britaniya, Meksika va Fransiyadan chet ellik o‘qituvchilar ham jalb etilgan.

Prezident universitet mutaxassislari va talabalari bilan suhbatlashdi.

– Hozir ekologiya xuddi raqamli texnologiyalarday dolzarb. Kelajakda hamma soha atrof-muhit bilan hamohang bo‘ladi. Shuning uchun bu yerda ekologik iqtisodiyot, moliya, huquq kabi yo‘nalishlar tashkil etildi. Endi dual ta’limni kengaytirib, bu yerdagi bilimlarni tezroq joylarda tatbiq qilish kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mutasaddilarga ekologiya sohasida quyi bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston va har bir viloyatda texnikumlar tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Universitetda xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari bilan akademik va kasbiy tajriba almashish yo‘lga qo‘yilgan. O‘quv dasturlari ular bilan hamkorlikda, “fan-ta’lim-ishlab chiqarish integratsiyasi” tamoyili asosida ishlab chiqilgan.

Zamonaviy laboratoriya talabalarni ilmga jalb etish, tajribasini oshirishda muhim omil bo‘lmoqda. Unda yer, suv, bioxilma-xillik va chiqindi namunalari har xil muhitda tekshirilib, ilmiy xulosalar beriladi.

Davlatimiz rahbari ushbu laboratoriyani ham ko‘zdan kechirdi.

- Bu yerda ilmiy salohiyat bor, zarur uskunalar bor. Bundan samarali foydalanish kerak. Masalan, yer-suv sharoitlari og‘ir tumanlar bo‘yicha shartnoma asosida tahlillar o‘tkazish mumkin. Bu ikki tomonlama manfaatli bo‘ladi, - dedi Prezident.

Muassasada fanlararo tadqiqotlar qilish, innovatsion pedagogik uslub va texnologiyalarni ishlab chiqish, ilmiy-tadqiqot va amaliy bilimlarni integratsiya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘quv jarayoni “Hub and Spoke” tamoyili asosida tashkil etilgan. Bu yaxlit o‘quv tizimini yaratish, resurslarni optimallashtirish, talabalar va mutaxassislarning harakatchanligini oshirish kabi jihatlar bilan ajralib turadi.

Universitetning imkoniyatlarini kengaytirish uchun kelgusida poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi hamda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi sobiq kollejlar binolari ta’mirlanib, kampusga aylantirilishi rejalashtirilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekiston hududiga sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 06.12.2024 21:49

    O‘zbekiston hududiga sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda

    Joriy yilning 8-11 dekabr kunlari kutilayogan ob-havo haqida xabar berildi.

    'O‘zbekiston va Xitoy energetika qo‘shma korxonasi tashkil etilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 06.12.2024 21:38

    O‘zbekiston va Xitoy energetika qo‘shma korxonasi tashkil etilmoqda

    Ushbu korxona O‘zbekiston hukumati uchun jahon standartlariga mos energetika rivojlanish strategiya va rejalarini ishlab chiqishda yordam ko‘rsatadi.

    'Prezident Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan xalqqa tabrik yo‘lladi'ning rasmi

    Jamiyat 06.12.2024 21:03

    Prezident Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan xalqqa tabrik yo‘lladi

    Shavkat Mirziyoyev “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili” bo‘yicha davlat dasturini ishlab chiqishda fuqarolarni faol ishtirok etishga chaqirdi.

    'Prezident jinoyatidan pushaymon bo‘lgan 483 nafar mahbusni afv etdi'ning rasmi

    Jamiyat 06.12.2024 20:08

    Prezident jinoyatidan pushaymon bo‘lgan 483 nafar mahbusni afv etdi

    Ularning 25 nafarini chet ellik, 32 nafari ayol, 5 nafari 60 yoshdan oshgan erkaklar, 274 nafari yoshlar hamda 6 nafari taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashganlar.

    'Sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Anvar Alimov yangi lavozimni egalladi'ning rasmi

    Jamiyat 06.12.2024 13:12

    Sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Anvar Alimov yangi lavozimni egalladi

    Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi.

    'Chirchiq daryosidagi orolchada qolib ketgan erkak qutqarib olindi'ning rasmi

    Jamiyat 06.12.2024 13:00

    Chirchiq daryosidagi orolchada qolib ketgan erkak qutqarib olindi

    Fuqaro otda daryodan o‘tayotganida jonivorning oyog‘i toyib, suvga yiqilgan.