AsosiySport

O‘zbekistonda harbiylar o‘rtasida ilk bor o‘tkazilgan dzyudo bo‘yicha Jahon chempionatida yakunlandi

O‘zbekiston terma jamoasi 42-Harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionatini 5 ta oltin, 5 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan yakunladi.

'O‘zbekistonda harbiylar o‘rtasida ilk bor o‘tkazilgan dzyudo bo‘yicha Jahon chempionatida yakunlandi'ning rasmi

O‘zbekistonda harbiylar o‘rtasida ilk bor o‘tkazilgan dzyudo bo‘yicha Jahon chempionatida yakunlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti darakchi.uz'ga xabar berdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Dzyudo sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda Xalqaro harbiy sport kengashining 2024 yil uchun kalendar rejasiga muvofiq, 16 oktyabr kuni poytaxtimizning “Yunusobod” sport majmuasida O‘zbekistonda ilk bor harbiylar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha 42-jahon chempionati boshlandi.

Mudofaa, Sport, Madaniyat va Tashqi ishlar vazirliklari, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi hamkorligida o‘tkazilayotgan ushbu chempionatda dunyoning 30 ta mamlakatidan 400 ga yaqin harbiy sportchilar, delegatsiya rahbarlari va hakamlar, shuningdek, Xalqaro dzyudo federatsiyasi vakillari va qator martabali mehmonlar tashrif buyurgan.

Halimajon Qurbonova (-48 kg), Abdurahim Nutfullayev (-66 kg), Nigina Saparbayeva (-63 kg) kumush, Laziza Haydarova (-48 kg), Bahrom Boturov (-60 kg) va Nilufar Ermaganbetova (-57 kg) esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi. 

Dunyo birinchiligining birinchi kunida dzyudochilarimiz 2 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza, jami 8 ta medal qo‘lga kiritishdi. Ikkinchi kungi bellashuvlarda esa harbiy sportchilarimiz 3 ta oltin, 2 ta kumush medalga ega chiqdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi 42-Harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionatini 5 ta oltin, 5 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan yakunladi.

Oltin medal 

-52 kg: Gulhayo Jo‘rayeva

-73 kg: Shahram Ahadov

-81 kg: Hikmatilloh To‘rayev  

-100 kg: Rustam Shorahmatov 

+100 kg: Shohrux Baxtiyorov 

Kumush medal 

-48 kg: Halimajon Qurbonova

-63 kg: Nigina Saparbayeva

-66 kg: Abdurahim Nutfullayev

-81 kg: Muso Sobirov 

+78 kg: Irisxon Qurbonboyeva

Bronza medallar  

-48 kg: Laziza Haydarova

-57 kg: Nilufar Ermaganbetova

-60 kg: Bahrom Boturov

Umumjamoa hisobida o‘zbekistonlik harbiy dzyudochilar 1-o‘rinda ketmoqda. Undan keyingi pog‘onani 3 ta oltin medali bilan Mo‘g‘uliston va 2 ta oltin medal bilan Fransiya egallagan. Qozog‘iston, Jazoir, Italiya, Vengriya vakillari esa o‘z hisobiga bittadan oltin yozib qo‘ydi.

18 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan jamoaviy bahslarda O‘zbekiston ayollar jamoasi 1-o‘rinni, erkaklar jamoasi esa 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Yakuniy natijalar quyidagicha:

Ayollar o‘rtasida

  O‘zbekiston jamoasi — 1-o‘rin;

  Fransiya jamoasi — 2-o‘rin;

  Italiya va Mo‘g‘uliston jamoalari — 3-o‘rin. 

Erkaklar o‘rtasida

  Mo‘g‘uliston jamoasi — 1-o‘rin;

  O‘zbekiston jamoasi — 2-o‘rin;

  Eron va Qozog‘iston jamoalari — 3-o‘rin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyoda tengsiz bo‘ldi'ning rasmi

    Sport 11.12.2024 16:12

    Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyoda tengsiz bo‘ldi

    Bu natijaga O‘zbekiston terma jamoasi zahira tarkibi bilan erishdi.

    'O‘zbekistonda futbolchilar oyligining minimal summasi o‘zgardi'ning rasmi

    Sport 11.12.2024 08:24

    O‘zbekistonda futbolchilar oyligining minimal summasi o‘zgardi

    Professional futbol klublarida oylik-maoshlarning yuqori miqdori oshishda davom etmoqda, biroq yosh iqtidorlarni rag‘batlantirish masalasida qator muammolar mavjud.

    'Ulug‘bek Rashitov dunyoning eng yaxshi erkak taekvondochisi deb topildi'ning rasmi

    Sport 04.12.2024 23:05

    Ulug‘bek Rashitov dunyoning eng yaxshi erkak taekvondochisi deb topildi

    Sovrin sportchiga Gonkongda o‘tayotgan jahon chempionati arafasida topshirildi.

    'Toshkent jahon chempionatiga mezbonlik qiladi'ning rasmi

    Sport 03.12.2024 15:57

    Toshkent jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

    Kecha poytaxtda qurilayotgan Olimpiya shaharchasini foydalanishga topshirish muddati kechikkani sababli Osiyo o‘yinlari mezbonligi Bahraynga topshirilgan edi.

    'Bahodir Jalolov 6 fevral kuni Kanadada jang qiladi'ning rasmi

    Sport 28.11.2024 14:26

    Bahodir Jalolov 6 fevral kuni Kanadada jang qiladi

    Unga kim raqiblik qilishi ma’lum bo‘ldi.

    'Ikki karra jahon chempioni Afruza Hamdamova aeroportda tantanali kutib olindi'ning rasmi

    Sport 12.11.2024 09:55

    Ikki karra jahon chempioni Afruza Hamdamova aeroportda tantanali kutib olindi

    Afruza o‘tgan yilgi chempionatida 14 yoshgacha bo‘lgan qizlar orasida ham muddatidan oldin g‘olib bo‘lib, jahon chempioniga aylangan O‘zbekistondagi ilk ayol shaxmatchi bo‘lgan.