AsosiySalomatlik

JSST grippni davolash bo‘yicha yangi tavsiyalarni e’lon qildi

Xastalik oqibatida yiliga 650 ming nafargacha bemor hayotdan ko‘z yummoqda.

'JSST grippni davolash bo‘yicha yangi tavsiyalarni e’lon qildi'ning rasmi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti grippga qarshi kurash bo‘yicha yangi qo‘llanmani ishlab chiqdi. Ushbu tavsiyalar tashkilot rasmiy saytida e’lon qilindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar qildi.

Yangilangan yo‘riqnoma, avvalo, gripp bilan kasallangan bemorlarga xizmat ko‘rsatuvchi tibbiyot muassasalari uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, u epidemiya va pandemiyalarga tayyorgarlik borasida tegishli idoralar uchun ma’lumot manbai bo‘lib xizmat qiladi. 

Qayd etilishicha, dunyo bo‘yicha har yili taxminan 1 milliard kishi mavsumiy grippga chalinadi. Ulardan 3-5 million nafarida kasallik og‘ir kechadi. Xastalik oqibatida yiliga 650 ming nafargacha bemor hayotdan ko‘z yummoqda.

Qo‘llanmada qayd etilishicha, agar xastalik yengil kechayotgan bemorlarda grippning og‘ir shakllari rivojlanish ehtimoli bo‘lsa, mutaxassislar baloksavir buyurishni tavsiya qiladi. Agar bunday xavf darajasi past bo‘lsa, preparatni qo‘llash maqsadga muvofiq emas. 

Grippning yengil shakllariga chalinganlarga laninamivir, oseltamivir, peramivir, zanamivir, favipiravir va umifenovirdan foydalanish tavsiya etilmaydi. Qolaversa, bunday holatda antibiotiklar qabul qilish ham to‘g‘ri emas.

 Kasallikning og‘ir bosqichida oseltamivirdan foydalanish samarali. Biroq peramivir va zanamivir bilan davolanish buyurilmaydi. Agar bemorlarda boshqa bakterial infeksiyalar rivojlanish xavfi past bo‘lsa, ularga makrolidlar buyurilmasligi, plazma terapiyasi o‘tkazilmasligi zarur.

 Agar gripp tufayli shifoxonaga yotqizilish xavfi juda yuqori bo‘lsa, oseltamivirni profilaktika vositasi sifatida qo‘llash mumkin. Lekin bunday vaziyatda laninamivir va zanamivirni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Salomatlik 17.01.2026 15:58

    'Kaliforniyalik bola dunyoda ilk marotaba gen terapiyasini qabul qildi'ning rasmi

    Salomatlik 24.11.2025 20:02

    Kaliforniyalik bola dunyoda ilk marotaba gen terapiyasini qabul qildi

    Bu kasallik odatda bolaning organizmi va miyasida qaytarilmas o'zgarishlarga olib keladi, og'ir holatlarda esa bemorlar 20 yoshga yetmay hayotdan ko'z yumadi.

    'Dunyoda ilk bor parranda grippidan odam o‘limi qayd etildi'ning rasmi

    Salomatlik 24.11.2025 04:11

    Dunyoda ilk bor parranda grippidan odam o‘limi qayd etildi

    AQSHda parrandalar orasida uchraydigan H5N5 shtammi birinchi marta inson hayotiga zomin bo'ldi.

    'Toshkentda havo keskin ifloslandi: aholiga niqob takish tavsiya etildi'ning rasmi

    Salomatlik 20.11.2025 08:29

    Toshkentda havo keskin ifloslandi: aholiga niqob takish tavsiya etildi

    20 noyabr kuni tongdan boshlab Toshkentda havo sifati keskin yomonlashdi.

    'COVID-19 vaktsinalari saraton davolashda yordam beradimi?'ning rasmi

    Salomatlik 16.11.2025 20:05

    COVID-19 vaktsinalari saraton davolashda yordam beradimi?

    Vaksina olgan ayrim saraton bemorlarining yashash muddati ikki baravar oshgani aniqlandi.

    ''ning rasmi

    Salomatlik 16.11.2025 12:07