AsosiyJamiyat

Surxondaryoning chekka qishlog`ida dars bergan namanganlik o`qituvchiga qo`shimcha ustama berilmadi

'Surxondaryoning chekka qishlog`ida dars bergan namanganlik o`qituvchiga qo`shimcha ustama berilmadi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan olis hududlarda joylashgan umumiy o`rta ta`lim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning oylik ish haqlariga maxsus ustama berilishi belgilangan.  

Namanganlik o`qituvchi A.Qudratov oilasi va tug`ilib o`sgan joyidan ancha olisda Surxondaryo viloyati, Uzun tumanining chekka bir qishlog`ida joylashgan maktabda ish faoliyatini olib borgan bo`lsa-da, unga belgilangan qo`shimcha ustama haqlari to`lab berilmaydi.  

Ushbu masala fuqarolik ishlari bo`yicha Sariosiyo tumanlararo sudida ko`rib chiqilib, o`qituvchi foydasiga jami 16 million 336 ming so`m undirib berilishi belgilandi.  

Majburiy ijro byurosi Uzun tuman bo`limi ish yurituviga ijro hujjati qabul qilinib, darhol ijro harakatlariga kirishildi. Qarzdor muassasa rahbari ogohlantirilib, hisob raqamlariga inkasso topshiriqnomalari yuborilgan.  

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari chog`ida namanganlik o`qituvchi foydasiga belgilangan ish haqlari va kompensasiya to`lovlari to`liq undirib berilishi ta`minlandi.  

Shundan so`ng, ijro hujjatlari belgilangan tartibda tamomlanib, qarzdor muassasaga nisbatan qo`llanilgan barcha cheklov choralari bekor qilindi.

    Boshqa yangiliklar