AsosiyJamiyat

Farg`onada katta miqdorda pul tikib, qimor o`yini tashkil etgan jinoiy guruh qo`lga olindi

'Farg`onada katta miqdorda pul tikib, qimor o`yini tashkil etgan jinoiy guruh qo`lga olindi'ning rasmi

O`rtaga katta miqdorda pul tikib, qimor o`yini tashkil etgan jinoiy guruh qo`lga olindi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz"ga Farg`ona viloyati IIB matbuot xizmati. 

Ma`lum qilinishicha, Farg`ona viloyati IIB tezkor xodimlari tomonidan o`tkazilgan tadbir davomida 1962 yilda tug`ilgan Quva tumani, Qalinpo`stin MFYda yashovchi A.T. jinoiy sherigi 1974 yilda tug`ilgan Qayrag`och MFYda yashovchi N.M.lar bir guruh bo`lib qimor va tavakkalchilikka asoslangan xo`roz  o`yini tashkil qilib, ushbu jinoiy faoliyatga yana 3 nafar shaxslarni sherik qilib, Farg`ona shahar, Mustaqillik mfyda 400 nafar ishtirokchilarni jalb qilgan holda  “Xo`roz urishtirish” uchun sharoit yaratib, ishtirokchilarning har biridan 50 ming so`mdan pul yiqqan vaqtda ushlandi.

Bundan tashqari tadbir davomida kassadan 84 mln 356 ming so`m, 3 ming 750 AQSh dollari, 8 ming 741 Qirg`iziston somi, qimor o`yinga kelgan shaxslardan 14 million so`m pullar, 14 dona xo`roz, va boshqa buyumlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar