AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Xitoy o`rtasidagi aviaqatnovlar haftasiga 100 taga etkaziladi

'O`zbekiston va Xitoy o`rtasidagi aviaqatnovlar haftasiga 100 taga etkaziladi'ning rasmi

Pekin shahrida Transport vazirligi delegasiyasi hamda Xitoy Xalq Respublikasi aviasiya ma`muriyati o`rtasida o`tkazilgan muzokaralar natijasiga ko`ra har ikki mamlakat uchun manfaatli bo`lgan muhim kelishuvning yakuniy matni bo`yicha ijobiy qaror qabul qilinib, kelishuv bayoni imzolandi.

Ushbu kelishuv bayoni tomonlar o`rtasida aviaqatnovlar hajmini haftasiga 100 taga (har ikki mamlakat aviakompaniyalari tomonidan 50 tadan) olib chiqish, parvozlar geografiyasini kengaytirish maqsadida O`zbekiston va Xitoy aviakompaniyalari uchun ikki mamlakatning istalgan shaharlariga parvoz etish imkoniyatini yaratish (hozirda parvozlarni amalga oshirish uchun 7 ta shahar belgilangan), shuningdek, xizmat ko`rsatuvchi 3 ta aviakompaniyalar sonini cheksiz aviakompaniyalarga o`zgartirishni nazarda tutadi.

Mazkur kelishuv Xitoy Xalq Respublikasi aviasiyasi ma`muriyati tomonidan mamlakat qonunchiligiga muvofiq ichki kelishuv jarayoni tugatilgandan so`ng joriy yilning aprel oyida ikki mamlakat aviasiya hukumatlarining qo`shimcha uchrashuvi yakunlariga ko`ra kuchga kiradi.

    Boshqa yangiliklar