“Aholi salomatligi — 2030” strategiyasi loyihasining 2024-2026 yillarga mo`ljallangan amaliy tadbirlar rejasiga ko`ra:
Pediatriyaning barcha yo`nalishlarida diagnostika, davolash, profilaktika va reabilitasiya bo`yicha ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik tibbiy yordam ko`rsatish, jumladan, bolalar xirurgiyasidagi — neyroxirurgiya, kardioxirurgiya, otorinolaringologiya, oftalmologiya va ortopediya kabi sohalarni rivojlantirish rejalashtirilmoqda.
Shu maqsadda:
- har yili 3 ming nafargacha bolada tug`ma yurak nuqsoni hamda bosh miyadagi patologik o`zgarishlar (jumladan, gidrosefaliya) bo`yicha jarrohlik amaliyotlarini o`tkazish;
- yiliga kamida 110 nafar bemor bola uchun transpedikulyar tizim (fiksatorlar) to`plamlarini qo`llagan holda skolioz va umurtqa pog`onasining boshqa patologiyasi bo`yicha jarrohlik operasiyalarini bajarish;
- suyak ko`migi transplantasiyasi amaliyotini joriy etish ko`zda tutilyapti.
23.01.2024 14:50
O`zbekistonda bolalar suyak ko`migi transplantasiyasi joriy etiladi






