AsosiyJamiyat

Mirzo Ulug`bek tumanidagi Do`rmon yo`li ko`chasi vaqtinchalik yopiladi

'Mirzo Ulug`bek tumanidagi Do`rmon yo`li ko`chasi vaqtinchalik yopiladi'ning rasmi

Joriy yilning 23 yanvar soat 13:00 dan 26 yanvar soat 24:00 ga qadar Toshkentning Mirzo Ulug`bek tumanidagi Do`rmon yo`li ko`chasi bo`ylab zamonaviy yo`l yotiq chiziqlarini chizish ishlari olib borilishi sababli transport vositalarining harakati qisman cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Shahar aholisi va mehmonlari Mingbuloq, G`azalkent ko`chalariga Temur Malik ko`chasi orqali borishlari mumkin.

    Boshqa yangiliklar