AsosiyJamiyat

Farg`onada bir haftada ekologiyaga zarar etkazgan 99 kishi jarimaga tortildi

'Farg`onada bir haftada ekologiyaga zarar etkazgan 99 kishi jarimaga tortildi'ning rasmi

Farg`ona viloyatida bir hafta davomida ekologiyaga zarar etkazgan 99 kishi jarimaga tortildi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko`ra, Farg`ona viloyati Ekologiya boshqarmasining davlat inspektorlari tomonidan 2024 yil 15—20 yanvar kunlari davomida, shahar va tumanlardagi Farg`ona viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda o`tkazilgan ekologik nazorat reyd tadbirlari davomida 99 ta ma`muriy jarimalar aniqlandi. Bular:

— xazon va o`simlik qoldiqlarini yoqib atmosfera havosiga zarar etkazish bo`yicha — 2 ta holat, jami jarima 2 040 000 so`m;

— binokorlik va qurilish materiallarini yoqish hamda ochiq alanga oldirib bitum yoqish huquqbuzarlik holati bo`yicha — 32 ta holat, jami jarima 7 877 000 so`m;

— belgilanmagan joyga chiqindi tashlab, atrof-muhitga zarar etkazish bo`yicha — 41 ta holat, jami jarima 17 170 000 so`m;

— noqonuniy daraxt kesish bo`yicha — 7 ta holat, 13 600 000 so`m;

— suvni ifloslantirish bo`yicha — 6 ta holat, jami jarima 6 120 000 ming so`m,

— noqonuniy tuproq qazish bo`yicha — 6 ta holat, jami jarima 20 400 000 so`m;

— soy o`zanlaridan shag`al qazish bo`yicha — 2 ta holat, jami jarima 10 200 000 so`m;

— noqonuniy ov qilish bo`yicha — 1 ta holat, 3 400 000 so`m miqdorida jarimalar qo`llandi.

Aniqlangan 99 ta holatlar yuzasidan fuqarolarning barchasiga Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 80 million 807 ming so`m jarima belgilandi. Jarimalardan 13 million 220 so`m miqdori huquqbuzarlardan undirildi.

O`tkazilgan profilaktik tadbirlar natijasida 100 nafardan ortiq fuqarolar tomonidan sodir etilishi mumkin bo`lgan huquqbuzarliklar vaqtida to`xtatilib, ularning oldi olindi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar