AsosiyDunyo

BAAda blogerlik faoliyati bilan shug`ullanib kelayotgan Fotima Hasanova "Guinness World Records 2024" g`olibiga aylandi

'BAAda blogerlik faoliyati bilan shug`ullanib kelayotgan Fotima Hasanova "Guinness World Records 2024" g`olibiga aylandi'ning rasmi

O`zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulxonasida BAAda blogerlik faoliyati bilan shug`ullanib kelayotgan "Guinness World Records 2024" g`olibi Fotima Hasanova bilan uchrashuv bo`lib o`tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Fotima Hasanova xitoylik hamkorlari bilan birgalikda joriy yilning yanvar oyida Dubay amirligida bo`lib o`tgan "Guinness World Records 2024" "Ko`p millat vakillarini bir sahnada jamlash va xoreografik raqsni ijro etish" nominasiyasi bo`yicha Ginnes rekordini o`rnatishga muvaffaq bo`ldi. Vatandoshimiz ushbu Ginnes rekordini o`rnatishda bir sahnada 75 millat vakillarini yig`ishga muyassar bo`lgan.

Shuni alohida ta`kidlash kerakki, vatandoshimiz mazkur tadbirda milliy liboslarimiz bo`lmish zarchopon va do`ppida hamda o`zbek yozuvidagi "Dunyo tinchligi uchun" shiori ostida ishtirok etdi. Bu esa o`zbek xalqining madaniyati, urf-odatlari va an`analarini keng ommaga namoyish etishga xizmat qildi.

O`z navbatida, Fotima Hasanova BAAda media sohasida o`z faoliyatini boshlaganini hamda Bosh konsulxona bilan yaqin aloqalarni yanada mustahkamlashini bildirib o`tdi.

    Boshqa yangiliklar