AsosiyJamiyat

“Panorama Airways” aviakompaniyasining Toshkent—Madina yo`nalishi bo`yicha parvozlari 12 soatdan ko`proqqa kechiktirildi

'“Panorama Airways” aviakompaniyasining Toshkent—Madina yo`nalishi bo`yicha parvozlari 12 soatdan ko`proqqa kechiktirildi'ning rasmi

“Panorama Airways” aviakompaniyasining Toshkent – Madina yo`nalishi bo`yicha 5P5381 va 5P5369 reyslari poytaxt aeroportida samolyotlarning kech etib kelgani sababli 12 soatdan ortiq kechiktirildi.

Aviakompaniya yo`lovchilarni ichimliklar va issiq ovqat bilan ta`minlab, mehmonxonada joylashtirishni taklif qildi.

Har ikki reys ham yaqin soatlarda manzil aeroportiga jo`nab ketishi rejalashtirilgan.

"Parvoz jadvaliga kiritilgan o`zgartirishlar to`g`risidagi batafsil ma`lumotlarni aviatashuvchidan olish mumkin" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar