AsosiyDunyo

Pragada 1 kunlik motam e`lon qilindi

'Pragada 1 kunlik motam e`lon qilindi'ning rasmi

Avvalroq, Pragadagi Karlov universitetida oishma bo`lgani va oqibatda 15 kishi halok bo`lgani haqida xabar bergan edik. 

Shu munosabat bilan Pragada 3 kunlik motam kuni e`lon qilindi. Bu haqda ria.ru yozmoqda. 

Bu qaror Chexiya hukumatining navbatdan tashqari yig`ilishida qabul qilindi. Payshanba kuni Pragadagi Karlov universiteti falsafa fakultetining 24 yoshli talabasi Devid K. o`zi o`qlanadigan miltiqdan auditoriyalardagi talabalarga, shuningdek, o`sha paytda Yan Palax maydonida universitet derazasi yonidan o`tib ketayotgan odamlarga qarata o`q uzgan.

Oxirgi ma`lumotlarga ko`ra, otishma oqibatida 15 kishi halok bo`lgan, yana 25 kishi jarohatlangan, ulardan 11 nafarining ahvoli og`ir. 

Polisiya ma`lumotlariga ko`ra, Devid K. jinoyatni amalga oshirish uchun puxta tayyorgarlik ko`rgan va sovuqqonlik bilan amalga oshirgan. Keyin u o`z joniga qasd qilgan. 

    Boshqa yangiliklar