Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, viloyatdagi xususiy AYoQShlarda neft mahsulotlarini iste`molchilarga sifat jihatidan to`g`ri sotilishi bo`yicha nazorat tadbirlarini o`tkazilyapti.
Hozirgacha jami 114 ta AYoQShdan o`rganilib, ulardan 33 tasida aholiga sotilayotgan AI-92, AI-95 markali benzin mahsulotlari haqiqatdan shu markali benzin mahsulotlari ekanligini aniqlash uchun belgilangan tartibda namunalar olinib, muhrlandi.
O`tkazilgan tahlil natijalariga acosan 8 ta AYoKShda sotilayotgan AI-92, AI-95 avtobenzinlar davlat standarti talablariga mos kelmasligi aniqlandi.
Matbuot xizmati ushbu harakatlarni olib borayotgan ishchi guruhi hamkorligida har bir AYoQShning nomi va joylashuviga aniqlik kiritish bo`yicha ish yuritmoqda.
Hozirgi kunda yana 7 ta namuna Toshkent markaziy kimyo-nazorat laboratoriyasiga tahlil uchun yuborilgan.
Bundan tashqari, viloyatdagi 48 ta AYoKShlarda neft mahsulotlari qoldiqlari qolmaganligi sababli faoliyat ko`rsatmayotgani aniqlangan. Qolgan 33 ta AYoKShlarda faqatgina AI-80 markali benzin sotilmoqda.
Ishchi guruh tomonidan o`rganish ishlari davom etmoqda.






