AsosiyDunyo

G`azodagi urush qurbonlari soni 18 mingga yaqinlashdi

'G`azodagi urush qurbonlari soni 18 mingga yaqinlashdi'ning rasmi

G`azo sektori Sog`liqni saqlash vazirligi Isroil va Falastinning XAMAS harakatining harbiy harakatlari natijasida halok bo`lgan falastinliklar soni qariyb 18 mingga etganini, yaralanganlar soni esa 49,5 ming nafarga etganini ma`lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.

Sog`liqni saqlash vazirligi so`zlovchisi Ashraf al-Qudraning Al-Jazira telekanaliga ma`lum qilishicha, so`nggi 24 soat ichida anklavda halok bo`lganlar soni 297 nafarni, yaralanganlar soni esa 550 nafardan oshdi.

8 dekabr kuni G`azo Sog`liqni saqlash vazirligi harbiy harakatlar natijasida halok bo`lgan anklav aholisi soni 17 487 kishini tashkil etgani, 46 ming kishi yaralangani haqida ma`lum qildi. Anklavga gumanitar yordam etkazish deyarli imkonsiz, dedi BMT Bosh kotibi Antonio Guterres. U BMT Xavfsizlik kengashini G`azoda o`t ochishni to`xtatishga erishishga chaqirdi.

    Boshqa yangiliklar