Bugun Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi tomonidan tabiiy fanlar yo`nalishida dars jarayonlarini samarali tashkil etish mavzusida trening mashg`ulotlari tashkil etildi.
Trening tadbirida xorijiy ekspertlar tomonidan:
- maktab o`quvchilarida tadqiqotchilik ko`nikmalarini tabiiy fan doirasida rivojlantiruvchi o`quv topshiriqlarini tuzish,
- dars mazmuniga loyihaga asoslangan ta`limni (PBL) singdirish,
- o`quvchilarda tanqidiy va ijodiy fikrlashni rivojlantirishning zamonaviy usullari xususida ishtirokchilarga atroflicha ma`lumot berib o`tildi.
Shuningdek, mehmonlar uchun Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi bo`ylab ekskursiya tashkil etilib, o`quv jarayonlari va o`quvchilar faoliyati bilan tanishtirildi.
Khairi Abdullah, xorijiy ekspert (Singapur):
- Bugun ertalab bizga maktab bo`ylab ekskursiya tashkil etildi. Unda o`quvchilarning bilimga chanqoqligi va o`qituvchilarning izlanuvchanligiga guvoh bo`ldik va bu bizda katta taassurot qoldirdi. Darslar juda ajoyib tashkil etilgan, o`qituvchilar o`z fanlarini ma`lumotlarga boy holda o`tishmoqda.
Bizni bir-birimizdan o`rganadigan narsalarimiz ko`p. Shu nuqtai nazardan men istiqboldagi hamkorlik va birgalikdagi loyihalarga umid qilib qolaman.






