Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning Krasnodar shahrida o`zbekistonlik mehnat migrantlari ishtirokida mushtlashuv yuz bergani haqida xabarlar tarqaldi.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, mazkur holat joriy yil 25 noyabr kuni Krasnodar shahrida joylashgan “Tochno” korxonasining qurilish obektda sodir bo`lgan. Holat yuzasidan Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi rasmiy ma`lumot berdi.
Korxonaga tegishli qurilish kranidan foydalanish masalasida o`zaro kelishmovchilik oqibatida ushbu korxonada mehnat faoliyatini olib boryotgan 50 nafardan ortiq O`zbekiston fuqarolari o`rtasida janjal kelib chiqqan.
"Hozirgi vaqtda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Rossiya Federasiyasi vakolatxonasi xodimlari tomonidan korxona rahbariyati va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda tomonlarni o`zaro kelishtirgan holda javobgarlikka tortmasdan hal qilish choralari ko`rilmoqda" deyiladi xabarda.






