AsosiyJamiyat

Buxoroda 5 kunlik chaqaloqda jarrohlik amaliyoti o`tkazilib, hayoti saqlab qolindi

'Buxoroda 5 kunlik chaqaloqda jarrohlik amaliyoti o`tkazilib, hayoti saqlab qolindi'ning rasmi

Buxoroda nuqson bilan tug`ilgan chaqaloq hayoti saqlab qolindi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, shu yil 19 noyabr kuni viloyat markazidagi 1-son tug`ruq kompleksida tug`ilgan chaqaloq ikki tomonlama burun tug`ma xoana atreziyasi tashxisi bilan viloyat bolalar ko`p tarmoqli tibbiyot markaziga shoshilinch ravishda ko`chirildi.

Tug`ma kasallik nuqsoni bilan dunyoga kelgan chaqaloq jarrohlik amaliyotiga muhtoj edi. Bir muddat qisqa tayyorgarlikdan so`ng tibbiyot markazi otoloringologi Yu.Ro`ziqulova hamda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti dosenti X.Abdullaev bilan birgalikda ikki tomonlama burun tug`ma xoana atreziyasini bartaraf etishga doir jarrohlik amaliyoti bajarildi. Qayd etilishicha, bu amaliyot markazda avval ham puxta tayyorgarlik bilan o`tkazilgan, biroq atigi 5 kunlik chaqaloqda bunday amaliyot ilk marotaba amalga oshirildi.

Yuqori malakaga ega vrach xirurglar sa`y-harakati tufayli mazkur jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi, chaqaloqda asoratlar kuzatilmadi. Norasida go`dakning burun orqali nafas olishi tiklandi va hozirda bolaning umumiy ahvoli qoniqarli.

    Boshqa yangiliklar