AsosiyJamiyat

Namanganda elektr energiyasiga qariyb 160 mln so`mlik zarar etkazgan "Game club" aniqlandi

'Namanganda elektr energiyasiga qariyb 160 mln so`mlik zarar etkazgan "Game club" aniqlandi'ning rasmi

Mahalla hududida kompyuter markazi tashkil qilgan shaxs hech qanday hujjatlarsiz elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Namanganda fuqaro A.Yu. "Haqiqat" MFY hududidagi kompyuter o`yinlari markazi binosini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog`iga o`g`irlik yo`li bilan ulab, jami 158,7 mln so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati.

Mazkur holat yuzasidan JKning 169-moddasi (o`g`rilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar