AsosiyJamiyat

Farg`onada mahallaga o`rnatilgan ehson qutisi o`g`irlandi (video)

'Farg`onada mahallaga o`rnatilgan ehson qutisi o`g`irlandi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmog`larda ehson qutisini olib ketganligi to`g`risida video tarqaldi. 



O`tkazilgan tezkor tadbirlar davomida aniqlanishicha, E.N. o`ziga tegishli “Damas” rusumli avtomashinasida joriy yilning 20 noyabr kuni tungi soat 02:12larda sheriklari B.V. hamda S.A. birga “Sarmazor” jome masjidining tashqarisiga qo`yilgan bir dona ehson qutisini ichida bo`lgan 80.000 so`m puli bilan olib ketganliklari aniqlangan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Hozirda ehson qutisi daliliy ashyo tariqasida olinib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar