Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda erkak kishi o`z joniga qasd qilib vafot etganligi to`g`risida xabarlar tarqaldi.
Holat yuzasidan Andijon viloyati prokraturasi ma`lumot berdi.
Aniqlanishicha, 2023 yil 30 oktyabr kuni soat 12:00 larda Xonobod shahrida yashagan, so`nggi paytlar ruhiy tushkunlikka tushgan fuqaro J.Sh. Qo`rg`ontepa tumanida joylashgan «Qorasuv-Xonobod» temiryo`l bekati yonidagi ko`prikka arqondan sirtmoq yasab, o`zini osishi natijasida voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Qo`rg`ontepa tuman prokuraturasi tomonidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlanib, marhum J.Sh. ning o`z joniga qasd qilganlik sabablari tergovga qadar tekshiruv yo`li bilan tekshirilmoqda.






