Joriy yilning 23 noyabr kuni Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti rektori, professor Muhammadolim Muhammadsiddiqov egallab turgan vazifasidan ajralmagan holda O`zbekiston musulmonlari idorasi raisining Yoshlar ishlari bo`yicha o`rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar qildi.
Unga ko`ra, Muhammadolim Muhammadsiddiqov Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, Misr Arab Respublikasining Qohira davlat universiteti va Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan.
Shuningdek, Muhammadolim Muhammadsiddiqov o`z faoliyati davomida Din ishlari bo`yicha qo`mita bo`lim boshlig`i, O`zbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektori, kafedra mudiri vazifalarida mehnat qilgan.
Ma`lum qilinishicha, siyosiy fanlar doktori (DSc), professor Muhammadolim Muhammadsiddiqov 2023 yil yanvar oyidan hozirga qadar Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti rektori vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.
23.11.2023 18:26
O`zbekiston musulmonlari idorasi raisiga o`rinbosar tayinlandi






