AsosiyJamiyat

Samarqandda ichida yo`lovchilar bo`lgan avtobus ag`darilib ketdi (video)

'Samarqandda ichida yo`lovchilar bo`lgan avtobus ag`darilib ketdi (video)'ning rasmi

Samarqandning Oqdaryo tumanida avtobus YTHga uchrashi oqibatida yo`lovchilardan biri vafot etdi.

 Bu haqda viloyat IIB matbuot kotibi xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, 22 noyabr kuni soat 11:50 larda Oqdaryo tumani hududidan o`tuvchi M-37 avtomobil yo`lining 30-kilometrida yo`lovchi tashuvchi avtobus haydovchisi boshqaruvni yo`qotib, yo`lning beton to`sig`iga urilgan va ag`darilgan.

Buning oqibatida avtobusda bo`lgan bir nafar yo`lovchi vafot etgan, 17 nafar fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko`rsatilib, uylariga javob berilgan.

    Boshqa yangiliklar