Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`on rafiqasi Emine Erdo`g`on bilan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammitida ishtirok etish uchun Toshkentga keldi.
Poytaxt aeroportida oliy martabali mehmonni Bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Qirg`iziston prezidenti Sadir Japarov, rafiqasi Oygul Japarova, Qozog`iston bosh vaziri Alixan Smailov va Pokiston muvaqqat hukumati rahbari Anvar ul-Haq Kakar poytaxtdagi IHT sammitiga etib keldi.
Eslatib o`tamiz, sammit tadbirlari 8 va 9 noyabr kunlari Toshkentda bo`lib o`tadi.
Shavkat Mirziyoev bugun, 8 noyabr kuni Toshkentga kelgan delegasiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o`tkazadi. Xususan, bugun Qirg`iziston, Turkiya prezidentlari, Pokiston muvaqqat hukumati rahbari va EKO Bosh kotibi bilan muzokaralar o`tkazish rejalashtirilgan.
Ertaga, 9 noyabr kuni oliy darajadagi uchrashuv bo`lib o`tadi. Uning doirasida bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o`tkazish rejalashtirilgan.
Eslatib o`tamiz, avvalroq, Qirg`iziston prezidenti va uning rafiqasi poytaxtga etib kelgani haqida xabar bergan edik.






