AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida avtobus bilan to`qnashgan Cobalt yonib ketdi (video)

'Toshkent viloyatida avtobus bilan to`qnashgan Cobalt yonib ketdi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliq shahrida Cobalt yonayotgani aks etgan video tarqaldi. 

Ushbu holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, hodisa bugun, 8 noyabr kuni soat taxminan 07:20 larda Olmaliq shahar Totuvlik va Ehtirom ko`chalari kesishgan chorrahada sodir bo`lgan. 

24 yoshli haydovi A.G`. boshqaruvida bo`lgan Cobalt va 56 yoshli S.S. boshqaruvida bo`lgan Isuzu avtobusi o`zaro to`qnashgan. Natijada, Cobalt'ning motor qismida qisqa tutashuv sodir bo`lishi oqibatida avtoulov yonib ketgan. Yong`in qisqa muddat ichida hududiy FVB tomonidan bartaraf etilgan.

"YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo`q. Hozirda holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB JXX YHXB tomonidan surishtiruv olib borilmoqda'', deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar