Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Chilonzor tumanida ommaviy pichoqbozlik bo`lgani va 3-4 ta odam pichoqlangani aytilgani aks etgan video tarqaldi.
Holat yuzasidan Bosh prokuratura axborot xizmati Hayot Shamsutdinov darakchi.uz'ga ma`lumot berdi.
Unga ko`ra, joriy yilning 5 noyabr kuni soat 21:00 atrofida 1993 yilda tug`ilgan A.N. RShTYoIMga ko`krak qafasi chap tomonlama kesilgan-sanchilgan jarohati tashxisi bilan murojaat qilgan va tez-tibbiy yordam ko`rsatilgan. U shifokorlarga o`z ehtiyotsizligi tufayli yiqilib tushganligini aytgan.
Tergovga qadar surishtiruv ishlari davomida joriy yil 5 noyabr kuni soat 19:00 atrofida Chilonzor tumani 19-mavzeda joylashgan dehqon bozori yonida joylashgan savdo do`konida A.N. fuqaro O.K. bilan o`zaro tortishib qolgan.
Olingan dastlabki ma`lumotga ko`ra, janjal o`rtadagi qarz sababli kelib chiqqan.
Voqea joyiga Chilonzor tumani IIO FMB boshlig`i o`rinbosari, tergov tezkor-guruhi, IIO FMB JQB shaxsiy tarkibi, tun xizmatida bo`lgan profilaktika inspektori va Milliy gvardiya xodimlari chiqishgan.
Holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB JQB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






