Energetika vazirligi huzuridagi "O`zenergoinspeksiya"ning nazorat-kimyo laboratoriyalari tomonidan neft mahsulotlari bo`yicha olib borilgan sifat nazorati tadbirlari davomida 91 holatda 6 mln 105 ming litr neft mahsulotlarining sifatsizligi aniqlanib, sotuvga chiqarilishining oldi olindi. Bu haqda O`zenergoinspeksiya Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Inspeksiya tomonidan aniqlangan kamchiliklar tezda bartaraf etilishi bo`yicha mas`ullarga ko`rsatmalar berilib, ularning bajarilishi nazoratga olindi.
Ma`lumot o`rnida, prezidentning 2020 yil 4 apreldagi "Neft-gaz tarmog`ining moliyaviy barqarorligini oshirish bo`yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to`g`risida"gi PQ-4664-son qarorining 8-bandiga asosan, 2020 yil 1 maydan boshlab AI-80 markali avtomobil benzini va dizel yonilg`isi chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilingan.






