Joriy yilning 4 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Qo`rg`ontepada bolalar xo`rlandi” mavzusida video lavha tarqaldi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligining ma`lum qilishicha, ushbu holat joriy yilning 24 iyul kuni soat 12:05 larda, Qo`rg`ontepa “Muruvvat” nogironligi bo`lgan bolalar uchun internat uyining 6-guruhida sodir bo`lgan.
Hozirda holatga konuniy baho berish bo`yicha Agentlikning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan ishchi guruh tuzilib, Qo`rg`ontepa tumani prokuraturasi bilan hamkorlikda surishtiruv olib borilmoqda.
Ushbu holat bo`yicha kerakli choralar ko`rilmoqda. O`rganish natijalari bo`yicha qo`shimcha malumot taqdim etiladi.






