O`zbekistonda shaxslarni ishsiz deb e`tirof etish va ularga ishsizlik nafaqasini tayinlash bo`yicha elektron davlat xizmatini ko`rsatish to`g`risidagi reglament tasdiqlandi.
Unga ko`ra, davlat xizmati YaIDXP orqali Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligining tuman, shahar bo`linmalari tomonidan ko`rsatiladi.
So`ngra ishsiz fuqaro o`n kun ichida mahalliy mehnat organiga yoki mahalliy mehnat organi xodimi huzuriga maqbul keladigan ish yuzasidan taklif olish uchun borishi kerak.
Mahalliy mehnat organi ariza beruvchini ishsiz deb e`tirof etish va unga ishsizlik nafaqasini tayinlash to`g`risida qaror qabul qilinganligi yoki uni ishsiz deb e`tirof etish rad etilganligi to`g`risida QR-kod qo`yilgan xabarnomani ariza beruvchiga yuboradi.
"Aholi bandligi to`g`risida"gi qonunning 45-moddasiga asosan quyidagilar ishsiz deb e`tirof etilishi mumkin emas:
- taklif etilgan maqbul keladigan ishni ish qidirayotgan shaxs sifatida ro`yxatga olingan kundan e`tiboran o`n kun ichida uzrli sababsiz ikki marta rad etgan shaxslar;
- mahalliy mehnat organiga maqbul keladigan ish yuzasidan taklif olish uchun ish qidirayotgan shaxs sifatida ro`yxatga olingan kundan e`tiboran o`n kun ichida uzrli sababsiz kelmagan shaxslar;
- ta`lim muassasalarida va tashkilotlarida ishlab chiqarishdan ajralgan holda tahsil olayotgan shaxslar, bundan ta`limning sirtqi shaklida tahsil olayotganlar;
- shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq pensiya ta`minoti huquqiga ega bo`lgan shaxslar (pensiya turidan qat`i nazar);
- bola ikki yoshga to`lguniga qadar uni parvarish qilayotgan, ishlamayotgan ayollar;
- ishini o`zgartirmoqchi bo`lgan, lekin mahalliy mehnat organlarida ro`yxatdan o`tish paytida, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat`i nazar, tashkilotlarda ishlovchi yoki ularning shtatida hisobda turuvchi shaxslar;
- sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish yoki axloq tuzatish ishlari tarzidagi jazoga hukm qilinganlar;
- fermer xo`jaliklarining rahbarlari va xodimlari, oilaviy korxonalarning ishtirokchilari, dehqon xo`jaliklarining rahbarlari va a`zolari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar;
- o`zini o`zi band qilgan shaxslar.






