Avval xabar berganimizdek Samarqandda “O`zbekiston madaniy merosi – yangi Renessans asosi” VII xalqaro kongressi o`z ishini boshladi.
Kecha ochilish marosimidan so`ng kongress doirasidagi xalqaro konferensiyalarda “Merosning yangi qirralarini kashf etib: jahon to`plamlaridagi o`zbek kolleksiyalari”, “Butunjahon jamiyati loyihalaridan Sharq qo`lyozma merosi durdonalari”, “Butunjahon jamiyati loyihalarida Markaziy Osiyo muzeylari va kutubxonalari”, “Markaziy Osiyo tarixi va san`ati: izlanishlar va kashfiyotlar” hamda “Kino va media olami: merosga yangicha nigoh” kabi mavzular muhokamasi boshlandi. Ularda 120 ga yaqin ilmiy ma`ruzalar tinglanishi ko`zda tutilgan.
Kongressda dunyoning 40 ga yaqin mamlakatidan 300 nafardan ortiq tarixchi, matnshunos va manbaashunos olimlar, muzey xodimlari, ilmiy jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.






