7 oktyabrdan beri Isroilning kuchli bombardimonlari va blokadadagi G`azo sektoriga hujumlari natijasida 34 jurnalist halok bo`ldi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
G`azodagi Falastin Sog`liqni saqlash vazirligi, 23 kundan beri Isroilning shiddatli hujumiga uchragan G`azo sektorida halok bo`lgan jurnalistlar ismlarini e`lon qildi.
Bu hisobotga ko`ra, shu kungacha 34 nafar falastinlik, jumladan 3 ayol jurnalist hujumlarda halok bo`lgan, ko`plab jurnalistlar yaqinlaridan ayrilgan.
26 oktyabr kuni isroilliklarning Nusayrat qochqinlar lageridagi uyga hujumi natijasida «Al-Jazira» muxbiri Voil al-Dahduh, uning rafiqasi, o`g`li va qizi halok bo`ldi.
Shuningdek, livanlik jurnalist Isroil — Livan chegarasida yuz bergan to`qnashuvlar chog`ida isroilliklar zarbasidan qurbon bo`ldi.






