AsosiyDunyo

Ilon Mask Starlink sun`iy yo`ldoshi G`azodagi xalqaro tashkilotlar uchun ishlashini ma`lum qildi

'Ilon Mask Starlink sun`iy yo`ldoshi G`azodagi xalqaro tashkilotlar uchun ishlashini ma`lum qildi'ning rasmi

Ilon Maskning aytishicha, Starlink G`azo sektoriga yordam ko`rsatish uchun xalqaro tan olingan tashkilotlar bilan aloqa o`rnatadi.

"Starlink G`azo sektoriga yordam ko`rsatish uchun xalqaro miqyosda tan olingan tashkilotlar bilan aloqa o`rnatadi". Bu haqda provayder egasi G`azo sektoridagi aloqa uzilishini qoralagan kongressmenga javob tariqasida X ijtimoiy tarmog`idagi sahifasida post qoldirgan.

Juma kuni kechqurun Jawwal  provayderi Isroil armiyasining ommaviy zarbalaridan so`ng G`azo sektorida telefon aloqasi va internet ishlamay qolgani haqida xabar berdi. Al Arabiya va Al Jazeera telekanallari ma`lumotlariga ko`ra, G`azo sektori 7 oktyabr kuni Falastin-Isroil mojarosi avj olganidan beri eng kuchli hujumga uchragan. Isroil mudofaa kuchlari anklavning bir qancha hududlariga havodan, quruqlikdan va dengizdan hujum qilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar