28 oktyabr kuni Istanbulda Falastinni qo`llab-quvvatlash uchun o`n minglab odamlar yig`ildi. Namoyishda Turkiya prezidenti ham ishtirok etib, nutq so`zladi.
Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Kommunikasiyalar Boshqarmasi Direktori Fahrettin Altun Rajab Toyyib Erdo`g`anning nutqidan quyidagilarni iqtibos keltirdi:
"G`arb dunyosi G`azoda bolalar, ayollar va begunohlarni qirg`in qilishni qonuniylashtirish uchun siyosatchilar va ommaviy axborot vositalarini safarbar qildi. Isroil roppa-rosa 22 kundan beri ochiqchasiga harbiy jinoyatlar sodir etmoqda. Isroil, biz ham seni dunyoga urush jinoyatchisi deb e`lon qilamiz. Hozirda bunga tayyorgarlik ko`ryapmiz. Buning ustida ishlayapmiz va Isroilni dunyoga urush jinoyatchisi sifatida tanitamiz.
G`azoda amalga oshirilayotgan ishlar mudofaa emas, ochiq va jirkanch qirg`inbarotdir. Ular qurol sifatida qo`llagan omillar - ochlik, tashnalik, yoqilg`i etishmasligi va salomatlik xizmatlaridan ayirish orqali G`azo xalqini ommaviy ravishda yo`q qilish payidalar.
Ey dunyo ahli, bu haqiqatlarning hammasini ko`rib turibsiz. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi butun dunyoga hayqirmoqda, lekin siz eshitmaysiz. Quloqlaringiz eshitmaydi, ko`zlaringiz ko`rmaydi, bularga quloq osmadingiz.
Jo`g`rofiyamizdagi barcha jamiyatlar, kelib chiqishi, e`tiqodi, mazhabidan qat`iy nazar, bir bo`lishimiz, birdam bo`lib, birgalikda harakat qilishimiz kerak. Aks holda, birin-ketin hammamiz bir xil ana shunday taqdirga duch kelishi muqarrar. Ushbu mintaqadagi barcha davlat va xalqlarni birdamlik marhamati maydonida birlashishga, ayriliqdek azobli maydondan uzoq turishga chaqiramiz.
Tashqi dunyodan yordamga ruxsat berilmagani uchun elektr energiyasidan oziq-ovqat, tibbiyot va tozalash vositalariga qadar barcha insoniy ehtiyojlar qondirib bo`lmaydigan vaziyatta. Kechadan beri sodir etilgan ishlar esa tom ma`noda bir aql idrok etmaydigan holatidir.
Bunday dahshatli vaziyatga qaramay, G`azo xalqining obro`si, qat`iyatliligi va o`z yurtiga sodiq qolishi tarixga ulug`vor dushmanga bo`yin egmaslik dostoni sifatida kiradi.
Bular faqat o`ldirishni bilishadi. G`azo xalqining zolim tomonidan yog`dirilgan bombalarga qaramay, uylarini va shaharlarini tark etmaslik qarorini millatim nomidan yuksak qadrlayman.
Ular suyangan g`arbliklar o`z uylari yonishni boshlagach, bu erni tark etadi va Isroil bu jo`g`rofiyada 75 yil davomida zulm qilgan xalqi va birodarlari bilan yolg`iz qoladi. Turkiya xuddi 500 yil oldin va Ikkinchi jahon urushida bo`lgani kabi muammoga duch kelgan bu mazlum xalqning umidi bo`ladi.
Bu erda turib, men yaqinda Isroil hukumatiga qilgan chaqiruvimni yana bir bor bildirin o`tmoqchiman:
Bo`yingizni, tanangizni, qalbingizni oshib o`tayotgan bema`ni gaplar, munosabatlat va so`zlar bilan Turk Millatining rahm-shafqat tuyg`ularini kamsitmang. Chunki ishonavering, kelajakda xuddi ota-bobolaringizga kerak bo`lgani kabi, sizga ham, farzandlaringizga ham bu hali kerak bo`ladi. Turkiyaga muhtoj bo`ladilar.
Bugun keling, mazlumlarga yordam berish haqidagi iltimosimizni va tinchlik o`rnatish uchun muloqot eshiklarini ochish uchun qilayotgan chaqiruvimizga quloq tuting.
Bugun keling, o`zingiz va farzandlaringiz kelajagi uchun, hatto ehtimol hayotingizda birinchi marta yaxshi tomonga qadam tashlang.
Biz “adolatli tinchlikning mag`lubi bo`lmaaligiga” bo`lgan samimiy ishonch bilan harakat qilyapmiz. Suhbatdoshlarimizni ham bir xil fikir atrofida birlashishga taklif qilamiz"






