AsosiyJamiyat

Nukus va Bobur ko`chalaridagi ta`mirlash ishlari qachon yakunlanishi ma`lum bo`ldi

'Nukus va Bobur ko`chalaridagi ta`mirlash ishlari qachon yakunlanishi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Toshkent shahri markazida tirbandliklarga sabab bo`layotgan Nukus va Bobur ko`chalaridagi ta`mirlash ishlari 2-3 noyabr kunlari tugatiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, ishlar doirasida asfalt qoplamasini yangi texnologiyalar asosida yangilash, yangi yo`l usti belgilarini chizish, hududga qo`shimcha daraxt va butalar ekilishi ko`zda tutilgan.

"Bo`lib o`tayotgan keng ko`lamli yo`l ta`mirlash ishlari aholi noroziligiga, tirbandliklarga sabab bo`ldi. Shu bilan birga, yog`ingarchiliklar sababli hamda kunduzgi tirbandliklarni biroz kamaytirish maqsadida ishlar asosan tungi soatlarda amalga oshirilmoqda. Bu vaziyat uchun shahrimiz aholisi va mehmonlaridan uzr so`raymiz", — deyiladi hokimlik xabarida.

    Boshqa yangiliklar