AsosiyDunyo

Qirg`izistonda qizamiqdan uch nafar bola halok bo`ldi

'Qirg`izistonda qizamiqdan uch nafar bola halok bo`ldi'ning rasmi

Qirg`izistonda qizamiq bilan kasallanganlar soni ortib bormoqda. 2023 yil boshidan buyon 3 mingdan ortiq holat qayd etilgan bo`lib, ularning aksariyati 10 yoshgacha bo`lgan bolalardir.

Kasallikning eng yuqori ko`rsatkichlari Bishkek, Chuy va O`sh viloyatlarida qayd etilgan. Jalolobod viloyatida vaziyat yomonlashmoqda, deb yozadi “24.kg”.

Yil boshidan buyon uchta o`lim qayd etilgan. 1, 3 va 13 yoshli bolalar vafot etgan.

Respublika immunoprofilaktika markazi vafot etganlar emlanmaganini qayd etdi. Markaz ma`lumotlariga ko`ra, kasallanganlarning 85% dan ortig`i emlanmagan.

    Boshqa yangiliklar