O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligida BAA, Jazoir, Iordaniya, Kuvayt, Misr, Qatar, Falastin, Saudiya Arabistoni va Isroilning Toshkentdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari qabul qilindi. Bu haqda O`zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidovning o`zi telegram kanalida xabar berdi.
Qayd etilishicha, boshqa masalalar qatorida G`azo sektoridagi mavjud vaziyat yuzasidan ham fikr almashilgan.
"Biz yana bir bor barcha tomonlarni tinch aholi orasida minglab insonlar, jumladan, bolalar qurbon bo`layotgan qurolli mojaroni to`xtatishga, echim topish uchun faqat diplomatik vositalar va xalqaro huquq me`yorlaridan foydalanishga chaqiramiz", - deydi vazir.






