Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari tufayli Toshkent shahar Sergeli tumanining Uchuvchilar MFYga 27 oktyabr kuni soat 10:00 dan 16:00 ga qadar tabiiy gaz etkazib berish vaqtincha to`xtatiladi.
Aholi xonadonlari soni — 580 ta erli xonadon, 23 ta ko`p qavatli uylardagi 320 ta xonadon
Ulgurji iste`molchilar soni — 8 ta
Ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng, tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanadi.
Shuningdek, Osiyo ko`chasidagi issiqlik tarmoqlarida avariyaviy ishlar olib borilayotgani va tegishli jihozlar almashtirilishi munosabati bilan bugun, 27 oktyabr kuni quyidagi manzillarda issiq suv ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.
Osiyo, Oqqo`rg`on, Tamaraxonim, M.Ismoiliy, Asaka, H.Olimjon, K.Niyoziy, Mustaqillik, Lev Tolstoy, Irrigator ko`chalari.
Issiq suv ta`minoti ta`mirlash ishlari tugallanishi bilanoq (bugun soat 22:00 gacha) tiklanadi.
"Veolia Energy Tashkent" MChJ XK vaqtinchalik noqulayliklar uchun oldindan uzr so`raydi va issiq suv ta`minotini tezroq tiklash uchun barcha zarur choralarni ko`radi.






