Parlament a`zosi Mirlan Samykojo Nurlanbek Shakievning Qirg`iziston bayrog`ini o`zgartirish haqidagi taklifiga qarshi chiqgan edi.
Deputat nurlarni kungaboqar deganlarning o`zlari shunday ekan, deb e`tiroz bildirgan edi.
Qirg`iziston prezidenti bayroqdagi quyosh nurlarining yangi ko`rinishini qo`llab-quvvatladi.
U ilgari taklif qilingan “tikan”dan farq qiladi va hozir haqiqatan ham quyosh nurlariga o`xshaydi, dedi Sadir Japarov.
"To`g`risini aytaman. Ular [tashabbuskorlar] taklif qilgan variant menga ham yoqmadi. Bir kamchilik bordek tuyuldi. Quyosh nurlari tikanlarga o`xshardi. Bir kun avval mutaxassislar bilan maslahatlashib, buni tuzatishdi. To`g`rilangan versiya haqiqatan ham quyosh nurlariga o`xshaydi”, - dedi davlat rahbari.






