AsosiyJamiyat

Qadoqlangan guruchdan hasharot chiqdi

'Qadoqlangan guruchdan hasharot chiqdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda savdo do`konlaridan biridan sotib olgan "365 kun" (Xorazm lazer guruchi) nomli guruch mahsulotida qurtlar o`rmalab yurgani va buni sotib olgan iste`molchi yuzaga kelgan vaziyatdan noroziligini bildirgan xabar tarqaldi. 

Holat yuzasidan Raqobatni rivojlantirish va iste`molchilar huquqlarini himoya qilish qo`mitasi Axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Munosabatda qayd etilishicha, O`zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan va uning hududiga olib kirilayotgan, O`zbekiston Respublikasi hududida muomalaga ruxsat berilgan oziq-ovqat mahsulotini va uskunalarni davlat ro`yxatidan o`tkazish sanitariya-epidemiologik xulosa berilayotganda davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

O`rganish natijasiga ko`ra,  kamchiliklar  bartaraf etilgan va "365 kun" guruchining sifatsiz deb topilgan partiyasi mazkur  savdo do`konining rastalaridan olib tashlangan. 

Shuningdek, iste`molchiga etkazilgan zarar qoplanadigan bo`ldi, deyiladi munosabatda. 

    Boshqa yangiliklar