France Football nashri “Oltin to`p–2016” mukofotiga nomzod bo`lgan yana besh futbolchi nomini ma`lum qildi.
Navbatdagi besh futbolchi – Zlatan Ibragimovich (“Manchester Yunayted”), Andres Inesta (“Barselona”), Koke (“Atletiko”), Toni Kroos (“Real”) va Robert Levandovski (“Bavariya”) bo`ldi.
Avvalroq “Oltin to`p”ga Ronaldu, Beyl, Obameyang, Aguero va Buffon nomzodlari tasdiqlangandi. Keyinroq De Bryuyne, Dibala, Grizmann, Godin va Iguain nomzodlari e`lon qilingan edi.





