O`zbekiston Futbol FederasiyasiningFacebook ’dagi sahifasi ma`lumotiga ko`ra, o`zbekistonlik Karina Muradyan Osiyo Futbol Konfederasiyasining qit`ada hakamlikni rivojlantirish bo`limiga boshliq etib tayinlangan, deb yozadi “Daryo”.
Karina Muradyan avvalroq O`FF terma jamoalar markazining xalqaro bo`limida faoliyat olib borgan. Keyinroq esa BAAning Toshkentdagi elchixonasida ishlagan.
“Kasbdoshimizni yangi lavozim bilan tabriklaymiz va yangi ishida unga omad tilaymiz”, — deb yozilgan O`FF sahifasida.





