AsosiyDunyo

O`zbekistonlik fuqaro Istanbulda balkondan tushib ketdi

'O`zbekistonlik fuqaro Istanbulda balkondan tushib ketdi'ning rasmi

Istanbulda balkondan yiqilib tushgan yurtdoshimiz O`zbekistonga yuborildi. Bu haqda O`zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, o`zbekistonlik G.B.M. Istanbul shahrida o`zi vaqtincha yashayotgan ko`p qavatli uyning ikkinchi qavati balkonidan ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketishi natijasida bel umurtqa sohasi va oyog`i qattiq shikastlanib, Istanbul shahridagi  "Kartal Eğitim ve Araştırma Lütfü Kırdar" kasalxonasida ikkita jarrohlik amaliyotini boshidan kechirganligi aniqlangan.

Bosh konsulxona O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti va mahalliy diaspora vakillari bilan hamkorlikda moliyaviy jihatdan qiyin ahvolda qolgan ushbu yurtdoshimizning kasalxona rahbariyati bilan muzokaralar o`tkazib, maxsus avtomashinada kasalxonadan Istanbul aeroportiga olib borish va Istanbul-Urgench yo`nalishidagi aviaqatnov orqali O`zbekistonga jo`natilishini ta`minlangan.

    Boshqa yangiliklar