AsosiyJamiyat

O`zbekistonda sholining jo`yaklab sug`oriladigan navlari etishtiriladi (video)

'O`zbekistonda sholining jo`yaklab sug`oriladigan navlari etishtiriladi (video)'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, Samarqand shahrida 7—8 sentyabr kunlari Oziq-ovqat xavfsizligiga bag`ishlangan xalqaro konferensiya bo`lib o`tadi.  Unda ishtirok etish uchun dunyoning 32 ta mamlakatidan 2 ming 330 nafar xorijiy ekspertlar Samarqandga etib keldi.

shu bilan birga konferensiyada O`zbekiston qishloq xo`jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan fermerlar, klasterlar va ilmiy-tadqiqot institutlari ham ishtirok etmoqda.

Darakchi.uz konferensiyada ishtirok etayotgan Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti direktor o`rinbosari Zohid Ziyodullaev bilan suhbatlashdi. Olimning ma`lum qilishicha, O`zbekistonda sholining jo`yaklab sug`oriladigan navlari etishtiriladi.

Unga ko`ra, “Ertaga qishloq xo`jaligida oziq ovqat xavfsizligi bo`yicha konferensiya bo`lishi kutilmoqda. Biz o`zimizning institutimizda ishlab chiqilgan yangi navlar, yangi texnologiyalar bilan qatnashmoqdamiz.

Hozirda biz Flippindagi xalqaro Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda qurg`oqchilikka chidamli navlarni yaratish bo`yicha seleksiya ishlarini boshladik.

Hozirgi vaqtda biz 272 ta navlarini olib kelib, tadqiqot ishlarini olib bormoqdamiz.

Bilamizki, sholi asosan bostirib sug`oriladi. Lekin bu navlarda jo`yaklash orqali sug`oriladi.

Hozir etishtirilayotgan sholining gektariga 22-24 ming metr kub suv talab qilinayotgan bo`lsa, yangi navlarni, 7-9 ming metr kub suv bilan etishtirsa bo`ladi”, dedi olim.

    Boshqa yangiliklar