AsosiyJamiyat

Farg`onada 13 yoshli bola qo`shnisi tomonidan kaltaklandi

'Farg`onada 13 yoshli bola qo`shnisi tomonidan kaltaklandi'ning rasmi

Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan 2010 yilda tugilgan shaxsni qo`shnisi kaltaklaganligi haqidagi xabar Farg`ona viloyati IIB tomonidan o`rganib chiqildi.

Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 31 avgust kuni Furkat tumani Ingichka kishlogida yashovchi voyaga etmagan X.Q. qo`shnisi R.Y.ga tegishli “Nexia-3” rusumli avtomashina shinalariga ziyon etkazganligi sababli, R.Y.ning bundan jahli chiqib, uni urib tan jaroxati etkazganligi aniqlangan.

Tibbiyot bo`limining tashxisiga ko`ra, X.Q.da bosh, peshona, bo`yin, o`ng elka bo`g`imi, teri osti gematomasi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Yakuniga ko`ra, qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi.

    Boshqa yangiliklar