Uzbekistan airways'ning bergan xabariga ko`ra, bugundan Zominga muntazam aviaqatnovlar boshlandi.
Qayd etilishicha, HY1001/1002 qatnovlari har kuni quyidagi yo`nalishlarda amalga oshiriladi:
• Toshkent – Zomin – Samarqand
• Samarqand – Zomin – Toshkent
Ma`lum qilinishicha, bir tomonlama aviachipta narxi 105 000 so`mdan boshlanadi. Aviachiptalarni www.uzairways.com rasmiy saytida, Uzairways ilovasi orqali, shuningdek, Uzbekistan airways Sales filialida xarid qilishingiz mumkin, deyiladi xabarda.






