Ispaniyaning “Barselona” klubi va Ugurvay terma jamoasi hujumchisi Luis Suares “Oltin butsa” mukofoti bilan taqdirlandi.
Ushbu sovrin Evropada mavsum yakuniga ko`ra ichki chempionatda eng ko`p gol kiritgan futbolchiga topshiriladi.
G`olib nomini aniqlashda turli ligalarning saviyasini inobatga olgan holda mahsus koeffisientlar ishlatiladi.
“Barselona” hujumchisi o`tgan mavsumda chempionatda 40ta gol kiritdi. Primerada kiritilgan gol 2 ochkoga baholanadi, shuning uchun urugvaylik o`yinchi 80 ball to`plab, “Oltin butsa” sohibiga aylandi.
Suares taqdirlash marosimiga qizi Delfina va o`g`li Benxamin bilan tashrif buyurdi.





