AsosiyJamiyat

Buxoroda 4 tup daraxt qo`porildi. Huquqbuzar 400 tup daraxt ekadi

'Buxoroda 4 tup daraxt qo`porildi. Huquqbuzar 400 tup daraxt ekadi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati, G`ijduvon tumanida yo`l qurilish ishlari olib borilayotganligi, qurilish davomida manzarali daraxtlar qo`porib tashlanganligi haqida xabar tarqaldi.

Holat yuzasidan Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi tomonidan o`rganish ishlari olib borildi. O`rganish davomida G`ijduvon tumani yo`llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan 4 tup manazarali daraxt qo`porib tashlanganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan korxona direktori E. F.ga nisbatan MJtKning 79-moddasi 2-qismi bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.  

Shuningdek, daraxtlar qo`porilishi natijasida tabiatga 50 million 325 ming so`m zarar etkazilganligi aniqlandi. Huquqbuzar qo`shimcha jazo tariqasida kesilgan daraxtlar o`rniga jami 400 tup daraxt ekish va uni parvarishlash majburiyati yuklandi.

Tegishli hujjatlar huquqbuzarga chora ko`rish uchun sud organlariga yuborildi.

    Boshqa yangiliklar