Avvalroq, 4 sentyabr kuni Samarqand davlat universiteti Kattaqo`rg`on filiali majlislar zalida temir-beton plita qulab tushishi oqibatida olti nafar talaba jabrlangani haqida xabar bergan edik.
Bosh prokuraturaning bergan xabariga ko`ra, mazkur holat bo`yicha JKning 258-moddasi (tog`-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Eslatib o`tamiz, ishchi guruh hodisa holatlarini, shuningdek, tuzilmaning ta`mirdan keyingi holatini o`rganmoqda.






