Frankfurt-Mayn sudi Germaniyada tadbirkor Alisher Usmonovning manfaatlarini himoya qiluvchi Myunxen advokatlik ofisida o`tkazilgan tintuvni noqonuniy deb topdi. Bu haqda Zamon.uz' yozmoqda.
Sud instansiyasiga ko`ra, tintuv o`tkazish to`g`risidagi qaror asoslar mavjud bo`lmagan holda qabul qilingan.
Ma`lumot uchun: 2022 yil kuzida Frankfurt-Mayn prokuraturasi jinoiy ish qo`zg`atgan, so`ngra fevral oyida Usmonov manfaatlarini himoya qilgan Myunxendagi advokatlik ofisida tintuv o`tkazgandi. Ular tashqi iqtisodiy faoliyat to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda gumon qilingan. Tergovchilar fikricha, advokatlar olgan 100 ming evro avans to`lovi Usmonov tomonidan Evropadagi shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatilishi mumkin edi, bu esa qo`llangan sanksiyalarni buzadi.
May oyida Frankfurt-Mayn sudi shahar prokuraturasi ruxsati bilan Usmonovning ko`chmas mulklarida o`tkazilgan tintuvlarni noqonuniy harakat deb topdi.






