AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoevning 2024 yildagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti Qoraqalpog`istonda o`tkaziladi

'Shavkat Mirziyoevning 2024 yildagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti Qoraqalpog`istonda o`tkaziladi'ning rasmi

"O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023 yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi qarori qabul qilindi.

O`tgan ikki yilda o`tkazilgan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlari natijasida tadbirkorlik sohasida ko`plab tizimli muammolar hal etildi, shu jumladan biznes yuritishni soddalashtirish, soliq yukini kamaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish uchun qulay moliyalashtirish tizimi va infratuzilma yaratish hamda mulk huquqini ta`minlash bo`yicha izchil ishlar amalga oshirildi. Tadbirkorlik sub`ektlarini mikro, kichik, o`rta va yirik toifalarga, tuman va shaharlarni 5 ta toifaga ajratish orqali tadbirkorlikni manzilli qo`llab-quvvatlash tizimi yo`lga qo`yildi. 

Qayd etilishicha, Prezidentning tadbirkorlar bilan 2024-yildagi ochiq muloqotini Qoraqalpog`iston Respublikasida tashkil qilinadi.

    Boshqa yangiliklar